Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Ukrainaning Rossiya neft ob’ektlariga hujumlari ortidan Moskva aviakerosin eksportini taqiqladi

Ukrainaning Rossiya neft ob’ektlariga hujumlari ortidan Moskva aviakerosin eksportini taqiqladi

​Rossiya hukumati reaktiv dvigatellar uchun yoqilg‘ini mamlakatdan olib chiqishga taqiq joriy etdi. Cheklovlar 2026 yil 30 noyabrgacha amal qiladi.

​Hukumat bayonotiga ko‘ra, ushbu qarorning maqsadi — ichki yoqilg‘i bozoridagi barqaror vaziyatni ta’minlashdan iborat.

​Havo kemalari tomonidan yo‘l-yo‘lakay foydalaniladigan texnik sig‘imlardagi yoqilg‘i hamda bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan aviakerosin partiyalari bundan mustasno.

​Rossiyada benzin eksportiga 31 iyulgacha bo‘lgan muddatga to‘liq taqiq allaqachon amal qilmoqda. Yoqilg‘i bilan bog‘liq muammolar anneksiya qilingan Qrimdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida boshlandi. Sevastopolda benzinni talonlar orqali sotish joriy etildi

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!