Rossiya harbiylari Pokrovsk yo‘nalishida Memrik qishlog‘i va Volchya daryosi o‘rtasidagi mudofaani ushlab turgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarini chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Forbes'ga ko‘ra, ushbu harakat natijasida Rossiyaning bir nechta hal qiluvchi harakatlari bilan yuzlab ukrainalik askarlar uchun tuzoqqa aylanishi mumkin bo‘lgan to‘siq paydo bo‘ldi.
"Ukraina armiyasining chekinishi bosqinchilarga 78 kvadrat kilometrga yaqin hududni egallash imkonini beradi, biroq ukrainalik harbiylarni qutqarish mumkin bo‘ladi", deb yozadi nashr.
"Ukraina armiyasiga Rossiya qo‘shinlari ta’minot va chekinish yo‘llarini to‘sib qo‘ymasidan oldin hududni tark etish tavsiya etiladi", deya ma’lum qildi Conflict Intellegent Team.
Ukraina Mudofaa strategiyalari markazi ham Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta brigadasining qurshovda qolishi xavfi haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, agar boshqa brigada Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududida to‘xtatmasa, Ukraina Qurolli kuchlarini hududdan olib chiqish yo‘llari to‘sib qo‘yilishi mumkin.