Evropa Kengashi raisi Antoniu Koshta Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar rasman boshlanganini e’lon qildi.
«Bugun biz Ukrainaning YEIdagi kelajagi sari tarixiy qadam tashlamoqdamiz va uning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni ochmoqdamiz», — deb yozdi u o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi sahifasida.