Iyul oyida Ukrainaning don eksportidan tushgan daromadi 1,9 baravarga kamaydi, deb yozadi “RIA Novosti” Ukraina bojxona va Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari tahliliga tayanib.
Qayd etilishicha, iyul oyida Ukraina 2,3 million tonna makkajo‘xori, bug‘doy va arpa eksport qilgan, bu iyun oyiga nisbatan 38 foizga kam.
Kiyevning daromadi 1,9 baravarga - 712 million dollardan 380,4 million dollargacha qisqardi.