Marko Rubio bunday fikrni jurnalist Megin Kelliga bergan intervyusida bildirdi.
"Ularning energetika tizimi butunlay yo‘q qilinmoqda. Kimdir bularni rekonstruksiya uchun to‘lov qilishi kerak bo‘ladi. Hozirda juda ko‘p ukrainaliklar Ukrainani tark etib, hozir boshqa davlatlarda yashamoqda, ular hech qachon yurtiga qaytmasligi mumkin. Bu ularning kelajagi va u xavf ostida", — dedi AQSh Davlat departamenti rahbari.
Shuningdek, Rubio Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush muzokaralar orqali yakunlanishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi va buning uchun har ikkala tomon murosaga borishi lozimligini aytdi.