CNBC xabariga ko‘ra, AQShning Foundation Future Industries startapi Ukrainada dastlabki sinovlardan o‘tgan gumanoid robotlarning takomillashtirilgan versiyasini yuborishga tayyorlanmoqda.
Joriy yil boshida kompaniya Kiyevga Phantom MK-1 rusumidagi ikkita robotni taqdim etgan. Ular xavfli hududlarda logistika vazifalarini bajarish bo‘yicha sinovdan o‘tkazilgan.
Endilikda Ukrainaga yuk ko‘tarish quvvati ikki baravar oshirilgan hamda ishlab chiquvchilar ta’biri bilan aytganda, “inson imkoniyatlaridan ustun” xususiyatlarga ega Phantom 2 robotlarini yuborish rejalashtirilmoqda
Ularning aniq soni hozircha ma’lum qilinmagan.