AQSh Ukrainaga uzoq masofali MARS II va HIMARS reaktiv tizimlariga mo‘ljallangan 125 ta raketa hamda Germaniyadan 100 ta Patriot interceptorini yetkazib berishga rozilik berdi, - NYT xabar qilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilar allaqachon Germaniyaga jo‘natilmoqda, u yerdan esa Ukrainaga uzatiladi.
Ta’kidlanishicha, bu juda muhim qurol-yarog‘ hisoblanadi va garchi u boshqa davlatga tegishli bo‘lsa-da, Vashingtonning ruxsatisiz bunday yetkazib berishlar amalga oshirilishi mumkin emas.