Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Ukrainaga ikkinchi kun ketma-ket raketa hujumi: Ma’lumotlar e’lon qilindi

Ukrainaga ikkinchi kun ketma-ket raketa hujumi: Ma’lumotlar e’lon qilindi

Rossiya harbiylari ketma-ket ikkinchi kun Ukrainaga Shahed dronlari va Kinjal raketalari bilan yirik hujum uyushtirdi.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Rossiya raketasi Krivoy Rogdagi mehmonxonada ikki kishini halok qilgani, besh kishini yaralagani, yana ikki kishini vayronalar ostida qoldirgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

Zaporojyeda «Shahedlar» hujumi ostida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Portlashlardan so‘ng Kiyevning ikki hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dronlar Zaporojye shahri va Zaporojye viloyatiga yetti marta zarba bergan. Portlash to‘lqini va dron qoldiqlari uylarga zarar yetkazgan va yong‘inlar qayd etilgan. Bir kun ichida Rossiya qo‘shinlari Zaporoje viloyatidagi 14 ta aholi punktiga 208 ta zarba berdi, dedi Zaporojye viloyati ma’muriyatining qonuniy rahbari Ivan Fedorov.

Ukraina qurolli kuchlari vakillari Rossiya Federasiyasining tungi havo hujumlari oqibatlari haqida hozircha xabar bermadi.

Kiritildi: 17:36 27.08.2024. O'qildi: 1627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!