"Xom xayol qilish befoyda: Rossiya o‘zining sanoat quvvatini qurol ishlab chiqarishga sezilarli darajada yo‘naltirdi, askarlarga ishchilardan ikki barobar ko‘p maosh to‘lanmoqda va jang maydonida ularning soni millionga yetadi," - dedi vazir.
Uning aytishicha, yaqinda bo‘lib o‘tgan asirlar almashinuvi "ijobiy belgi, ammo o‘zimizni aldamaylik: urush yaqin orada tugamaydi."
Harbiy harakatlarning yakunlanishini yoqlab chiqqan Tayani Putinga nisbatan bosimni kuchaytirishga chaqirdi. "Putinga bo‘lgan bosim ikki barobar oshirilishi kerak, Rossiya urush yo‘lidan voz kechish kerakligini tushunib yetishi lozim," - deya ta’kidladi u.