AQSh prezidenti bu haqda Fox News telekanali efirida ma’lum qildi.
Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Agar Ukrainada tinchlikka erishilmasa, Rossiyaga qarshi chora sifatida banklarga nisbatan qaqshatqich sanksiyalar, neft yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar va boj stavkalarini joriy etishni istisno qilmayman;
◾️ Ukrainadagi mojaroni hal qilishga tomonlar o‘rtasidagi “nafrat” xalal bermoqda. Bu aql bovar qilmaydigan holat. Putin uchrashmoqchi bo‘lganida, Zelenskiy istamagandi. Endi Zelenskiy ko‘rishishni istayapti, Putinning pozisiyasi esa noma’lum;
◾️ Hindiston Rossiya neftini xarid qilgani uchun unga qarshi boj stavkalarini oshirish qarorini qabul qilish qiyin bo‘ldi, bu turli qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi;
◾️ Nafaqat Polsha osmonida, hatto ushbu mamlakat yaqinida ham dronlar bo‘lmasligi kerak edi.