Bugun 10 fevral, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukrainadagi mojaroga qanday tez barham berish mumkin — Rossiya TIV javobi

Ukrainadagi mojaroga qanday tez barham berish mumkin — Rossiya TIV javobi

Vladimir Zelenskiyning o‘zi Ukrainadagi mojaro qanchalik tez yakunlanishi mumkinligiga javob berib, Kiyev rejimi AQSh yordamisiz bir kun ham davom etmasligini aytdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Menimcha, Ukraina mojarosini bir kunda hal qilish mumkinligi haqidagi versiyalarni eshitgandim. Aytgancha, ko‘pchilik buni istehzo bilan qabul qilishdi. Ammo Zelenskiyning o‘zi bunga javob berdi. U, shuningdek, Amerika yordamisiz ular bir kunga ham borolmasligini aytdi. Bu sizga tasodifdek tuyulmayaptimi? Mana sizning savolingizga javob”, — dedi Zaxarova.

Shu bilan birga, Zaxarova Rossiya muzokaralar jarayoniga maxsus harbiy operasiya boshlanishidan oldin ham ochiq bo‘lganini eslatdi.

Kiritildi: 14:40 09.02.2025. O'qildi: 3074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!