Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Ukrainadagi mojaro Koreya ssenariysi bo‘yicha tugaydi"

"Ukrainadagi mojaro Koreya ssenariysi bo‘yicha tugaydi"

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiya-Ukraina mojarosi tomonlar Koreya ssenariysi bo‘yicha tinchlikka erishmaguncha davom etishini taxmin qildi.

“Oxir-oqibat tinchlik bo‘ladi, bungacha har bir qishloq uchun 10 yil kurash bo‘ladi. Koreya ssenariysiga erishiladi, lekin yana 10, 20 yoki 30 yil davomida mojaroning yechimi bo‘lmaydi”, — dedi Serbiya prezidenti TV Informer telekanaliga bergan intervyusida.

Aleksandr Vuchichning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Rossiya bilan kurashni davom ettiradi. Shu bilan birga, Kursk viloyatining taqdiri nima bo‘ladi, degan savolga Serbiya prezidenti hozircha javob berib bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

2023 yilda Ukraina Milliy xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Aleksey Danilov Moskva mojaroni Koreya ssenariysi bo‘yicha tugatish, ya’ni front chizig‘i bo‘ylab chegaralarni o‘rnatishni taklif qilishi mumkinligini aytgandi.

Iyul oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koreys ssenariysi bo‘yicha takliflarni rasman olmaganini, biroq “parda ortida turli o‘yinlar bo‘layotganini” ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 23:45 27.09.2024. O'qildi: 4262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!