Italiyaning Kiyevdagi elchixonasi ham xavfsizlikka ehtimoliy tahdidlar tufayli bugun ishlamaydi.
Bu haqda Ukraina OAVlariga tayanib, elchixona xabarida aytiladi.
"Italiya elchixonasi bugun AQSh va Ispaniya elchixonalarini o‘qqa tutish xavfi tufayli yopiladi", — deyiladi nashrda.
Bundan tashqari, Ispaniya, AQSh va Gresiya diplomatik missiyasi ham xuddi shu sabab bilan bugun ishlamasligi haqida xabar berdi.