Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada po‘lat ishlab chiqarish to‘liq to‘xtatildi

Ukrainada po‘lat ishlab chiqarish to‘liq to‘xtatildi

Ukraina Metallurglar federasiyasi mamlakatda po‘lat ishlab chiqarish to‘liq to‘xtaganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Federasiya vakili agentlikka hozirda Ukrainada po‘lat ishlab chiqarilmayotganini tasdiqlagan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel sentyabr oyida mamlakatda so‘nggi 100 yil ichida birinchi marta butun bir hafta davomida po‘lat ishlab chiqarilmaganini aytgan edi. Bunga yirik metallurgiya korxonalarining faoliyati to‘xtab qolgani sabab bo‘lgan.

Yaqin vaqtga qadar Ukrainada po‘lat ishlab chiqarish mamlakatdagi eng yirik «ArselorMittal Krivoy Rog» korxonasida, «Metinvest» guruhiga tegishli «Zaporojstal» zavodida hamda bir qator kichikroq korxonalarda davom etgan.

«Metinvest» kompaniyasi ijrochi direktori ofisi rahbari Aleksandr Vodoviz 20 sentyabr kuni Financial Times’ga Ukraina po‘lat ishlab chiqarish sanoatidan mahrum bo‘lganini bildirgan.

Sentyabr oxirida Yevropadagi eng yirik po‘lat ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo‘lgan ArcelorMittal Ukraina hukumatiga Krivoy Rog shahridagi korxonasini xavfsiz va barqaror ravishda qayta ishga tushirish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi. Kompaniya shu munosabat bilan qariyb 1 milliard dollarlik aktivlarni hisobdan chiqarishi mumkinligini bildirdi.

Shuningdek, Ukraina nazoratidagi Zaporojye shahrida joylashgan «Zaporojstal» metallurgiya kombinati avgust oyida zarba berilganidan so‘ng ishini to‘xtatgan.

Kiritildi: 21:37 30.09.2026. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!