Ukraina o‘z hududida Patriot havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqarishni boshlashi uchun hali ko‘p vaqt talab etiladi. Bu haqda Military Watch Magazine (MWM) xabar berdi.
«Sinov tariqasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kamida 12—24 oy vaqt ketadi, sezilarli hajmlarga erishish uchun esa bundan ancha ko‘proq vaqt talab qilinadi», — deyiladi nashr maqolasida.
Mualliflarning ta’kidlashicha, raketa-tutuvchilarni yaratish uchun Ukrainada ishlab chiqarilmaydigan texnik jihatdan murakkab butlovchi qismlar talab etiladi.