Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ukrainada bir necha kun ichida tinchlik o‘rnatilishi mumkin – Lukashenko

Ukrainada bir necha kun ichida tinchlik o‘rnatilishi mumkin – Lukashenko

Agar yevropaliklar chin dildan xohlasa, Ukrainada tinchlik bir necha kun ichida o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ta’kidladi.

Bugun 30 sentyabr kuni Belarus rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Argentina, Benin, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kuba, Malta ordeni, Myanma, Falastin, Sudan va Shveysariya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

“Agar yevropaliklar buni chin dildan xohlasa, bir necha kun ichida tinchlikka erishish mumkin”, deya Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan Sputnik Belarus.

“Bugun ular bu mojaro haqida (Ukrainadagi - tahr.) ko‘p gapirishadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik yer yuzida tinchlik bo‘lishini xohlashini aytadi. Men yevropaliklarni ogohlantiraman: “Yana bir bor o‘ylab ko‘ring va yer yuzida tinchlik bo‘lishi uchun hamma narsani qiling”, deydi Belarus rahbari.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denasifikasiya va demilitarizasiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operasiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genosidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.

Kiritildi: 13:45 01.10.2022. O'qildi: 6684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!