Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina yadroviy hodisa yuz bergan taqdirda Isroildan dori sotib oladi

Ukraina yadroviy hodisa yuz bergan taqdirda Isroildan dori sotib oladi

Ukraina yadroviy voqea sodir bo‘lgan taqdirda odamlarni himoya qilish uchun Isroilning plasenta asosidagi preparatini qo‘llashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Times of Israel nashri yozmoqda.

Isroilning Pluri biotexnologik kompaniyasi Ukraina kordon qon banki bilan radiasiya kasalligiga qarshi PLX-R18 preparatini zaxiralash va tarqatish bo‘yicha eksklyuziv shartnoma tuzdi.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ularning hujayra terapiyasi preparati trombositlar va oq va qizil qon hujayralari ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi mumkin, ular odatda radiasiya ta’sirida yo‘q qilinadi.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, kompaniya Kiyevga 12 ming doza dori ishlab chiqaradi va yetkazib beradi. Bu olti ming odamni davolash uchun yetarli ekani da’vo qilinmoqda.

Kiritildi: 09:10 21.04.2025. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!