Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ukraina va Rossiya: harbiy asirlarning yangi almashinuvi

Ukraina va Rossiya: harbiy asirlarning yangi almashinuvi

Ukraina va Rossiya harbiy asirlarni almashishdi - har bir tomon 103 kishini ozod qildi.

Bu haqda shanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Shanba kuni almashilgan rossiyalik harbiy xizmatchilar Kursk viloyatida asirga olindi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi. Shuningdek, BAA muzokaralar jarayonida vositachiga aylangani qayd etildi.

«Bizning chiqish yo‘limiz» Rossiya harbiy xizmatchilarini qidirish va qaytarish jamoat harakati so‘nggi almashinuv ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning uchdan ikki qismini muddatli harbiy xizmatga chaqiruvchilar tashkil etadi.

Kiritildi: 22:39 14.09.2024. O'qildi: 1023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!