Ukraina va Rossiya Qatar vositachiligida bir-birining energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha «dastlabki muzokaralar»ni olib bormoqda, deb yozdi Financial Times diplomatik manbalarga tayanib.
Gazeta suhbatdoshlaridan birining aytishicha, gap «biror narsani qayta tiklash imkoniyati bo‘yicha juda erta bosqichdagi muzokaralar» haqida bormoqda.
Moskva va Kiyev razvedka xizmatlari tomonidan erishilgan kelishuv doirasida so‘nggi haftalarda ular bir-birining energetika infratuzilmasiga hujumlar sonini allaqachon qisqartirgan, deb xabar berdi nashrga Ukraina yuqori martabali amaldori.
Muzokaralardan xabardor bo‘lgan Kremlning sobiq yuqori martabali amaldori FTga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasini Kursk viloyatidan siqib chiqarmaguncha kelishuvga rozi bo‘lishi dargumonligini aytdi. Ukraina rasmiyining so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Moskva muzokaralarni boshlashga majbur qilish uchun Rossiyadagi nishonlarga, jumladan, neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning kuzida Kiyev va Moskva bir-birining energiya ob’ektlariga zarba bermaslik bo‘yicha «yashirin kelishuv»ga erishgandi. Biroq Ukraina dronlarining Rossiya neft ob’ektlariga hujumlari tufayli Moskva bu kelishuvlarni buzilgan deb hisobladi.