Ukraina Norvegiya bilan harbiy hamkorlik shartnomasi tuzdi.
Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Rustem Umerov ma’lum qilgan.
Umerovning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Ukraina Mudofaa vazirligining xaridlar agentligi va Norvegiya mudofaa materiallari agentligi (NDMA) tomonidan imzolangan. Hujjat “qurol bozori bo‘yicha axborot almashish, innovasion harbiy texnologiyalarni birgalikda tadqiq qilish va ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”.
Umerovning qayd etishicha, kelishuvni amalga oshirish uchun norvegiyalik mutaxassislar ukrainalik mutaxassislarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qiydigan ishchi guruhlarni tashkil etish rejalashtirilgan.