Ukraina va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda Zelenskiy va ayniqsa, Yermakning ingliz tilini yaxshi bilmasligi to‘sqinlik qilmoqda — Frankfurter Allgemeine Zeitung.
Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident va uning ofisi rahbari amerikaliklar bilan muzokaralarda ko‘pincha ingliz tilida o‘zlari gaplashadi, tarjimonlardan foydalanmaydi.
"Zelenskiyning ingliz tili darajasi o‘rtacha, lekin Yermakniki ancha yomon. Shu sababli, amerikaliklar ko‘pincha Ukrainaning ikki asosiy siyosatchisi bilan bevosita aloqa qilganida, ularning tushunishi to‘g‘rimi yoki yo‘qligidan ishonch hosil qila olmaydi", deb yozadi nashr.