Bugun 29 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdori” — Andrey Sibiga

“Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish tarafdori” — Andrey Sibiga

26 sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ukrainalik hamkasbi Andrey Sibiga bilan uchrashdi. Bu haqda ikki vazir o‘zlarining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qildi.

Uchrashuvda savdo, investisiya, ta’lim va madaniy hamkorlik sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko‘p tomonlama aloqalar yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Andrey Sibiga:
“Siyosiy muloqotni qayta tiklash, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldik. Ukraina O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga va Markaziy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlashga sodiq”.


Kiritildi: 16:17 26.09.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!