Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina urushni yakunlash uchun Qo‘shma Shtatlarning 22 shartiga rozi bo‘ldi — Kit Kellog

Ukraina urushni yakunlash uchun Qo‘shma Shtatlarning 22 shartiga rozi bo‘ldi — Kit Kellog

AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Fox News telekanalida chiqish qilib, 23 aprel kuni Londonda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Vashington va Kiyev o‘rtasida Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha 22 banddan iborat bitimga erishilganini ma’lum qildi.

Kellogning aytishicha, Ukraina ushbu bitim doirasida frontdagi mavjud vaziyatga ko‘ra ayrim hududiy murosalarga borishga tayyorligini bildirgan.

"Ukrainaliklar rossiyaliklar bosib olgan hududlardan voz kechishlari mumkinligini ochiq aytishdi. Bu yerlar hozirda Rossiya nazorati ostida va ular bu haqiqatni tan olishmoqda. Bu de-yure emas, de-fakto tan olish bo‘ladi", — deya aniqlik kiritdi Trampning maxsus vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev barqaror va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimini istaydi. Bu, o‘z navbatida, yakuniy tinchlik kelishuviga yo‘l ochishi kerak.

"Kiyev shunday tinchlik kelishuvni xohlaydi, AQSh prezidenti ham aynan shuni istaydi. Biz bir tomonning roziligini oldik. Endi ikkinchi tomonning, ya’ni Rossiyaning javobini kutyapmiz. Endi hammasi Moskva va Vladimir Putinning qaroriga bog‘liq. Menimcha, biz tinchlikka juda yaqinmiz", — dedi Kellog.

Kiritildi: 19:38 01.05.2025. O'qildi: 696 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!