Bu haqida AQSh prezidentining maxsus vakili malum qildi.
Kit Kellogning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kamida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni talab qilmoqda va keyinchalik uni yana uzaytirish imkoniyati bo‘lishi kerak degan fikrda.
Bundan tashqari, Kit Kellog Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lidagi "asosiy to‘siq" deya atadi.
"Menimcha, biz tinchlikka erishishga yaqinmiz. Natijaga olib borishi mumkin bo‘lgan yagona odam — bu prezident Donald Tramp. Lekin bunga Vladimir Putin rozi bo‘lishi zarur. Hozirgi vaqtda bizning tinchlik uchun harakatlarimiz yo‘lidagi asosiy to‘siq — bu rozilik bermayotgan Rossiya prezidenti hisoblanadi", – deya ta’kidladi AQSh prezidentining maxsus vakili.