Rossiya Ikkinchi jahon urushi tugaganini nishonlash munosabati bilan may oyida uch kunlik tinchlik rejimini taklif etdi.
Putin 8-10 may kunlari Ukrainada vaqtinchalik tinchlik rejimini joriy etishga buyruq berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kunini nishonlash munosabati bilan Ukrainaga qarshi urushda uch kunlik tinchlik rejimini joriy etish haqida farmoyish berganini Kreml ma’lum qildi.
"Insonparvarlik maqsadida" tinchlik rejimi 8 may kuni soat 00:00 da boshlanib, 11 may kuni soat 00:00 da yakunlanadi, deb xabar qildi Kreml.
"Rossiya Ukraina tomoni ham shu yo‘ldan borishi kerak, deb hisoblaydi. Agar Ukraina tomoni tinchlik rejimini buzsa, Rossiya qurolli kuchlari munosib va samarali javob qaytaradi," deya ta’kidladi Kreml.
Ushbu e’lon AQSh prezidenti Donald Tramp Putinni "o‘t ochishni to‘xtatish" va uch yillik urushni tugatish uchun "kelishuv imzolash"ga undaganidan so‘ng e’lon qilindi.
Ukraina tomonining bu kutilmagan xabarga munosabati hozircha noma’lum.