Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina tomonidan asirga olingan Xitoy fuqarolari Ukraina urush hududiga tushib qolishni kutmaganliklarini aytishdi — “Ukrainskaya pravda”

A A A
Ukraina tomonidan asirga olingan Xitoy fuqarolari Ukraina urush hududiga tushib qolishni kutmaganliklarini aytishdi — “Ukrainskaya pravda”

"Xitoylik asirlar bu haqda Kiyevda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlab berishdi", deya xabar bermoqda nashr.

Asirlardan biri, Van Guanszyun pandemiya vaqtida Xitoyda ishsiz qolganini va yangi ish izlay boshlaganini aytdi. Avvaliga u rossiyalik ishga yollovchi bilan yarador harbiylar uchun reabilitolog bo‘lib ishlashga kelishgan. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik “armiyaga tushib qolgan va boshqa tanlov imkoni bo‘lmagan”.

Van 2025 yil 5 fevralda Rossiyaga kelgan, besh kunlik harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va frontga jo‘natilishini kutgan. 4 aprel kuni uni jangovar harakatlar hududiga yuborishgan.

Ikkinchi asir — Chjan Renbo Xitoyda yong‘in o‘chirish xizmatida ishlaganini aytdi. U Rossiyaga sayohat qilish uchun kelgan va “bir oz pul ishlashni” istagan. Chjanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada dastlab unga qurilishda ishlashni taklif qilishgan. U 2024 yil dekabrda Moskvaga kelgan. So‘ngra Chjanni anneksiya qilingan Donesk shahriga yuborishgan. Aprel oyida esa u Ukraina harbiylari tomonidan asirga olingan.

“Ukrainskaya pravda” nashrining yozishicha, matbuot anjumani davomida xitoyliklar bir necha bor asirlar almashinuvida ishtirok etishga tayyor ekanliklarini va Xitoyga qaytishni istashlarini ta’kidlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Xitoyning ikki nafar fuqarosi asirga olingani haqida 2025 yil aprel oyi boshida ma’lum bo‘lgan edi. Ulardan biri Ukraina harbiylariga vatanidagi vositachiga Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish uchun 300 ming rubl (3,6 ming dollar) to‘laganini aytgandi.

Kiritildi: 23:05 14.04.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!