Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olishga chaqirdi

A A A
 Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olishga chaqirdi

"Ukraina tomoni Mo‘g‘uliston hukumati Vladimir Putin harbiy jinoyatchi ekanligidan xabardor deb umid qiladi", — deyiladi TIV rasmiy bayonotida.

Departament, shuningdek, Xalqaro jinoyat sudi Putinni ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy ravishda majburan o‘tkazishda gumon qilib, hibsga olishga order berganini va Mo‘g‘uliston bu sudning yurisdiksiyasini tan olganini eslatdi.

Eslatib o‘atmiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 3 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritildi: 20:44 30.08.2024. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!