Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Georgiy Tixiy Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni "suvarak" deb atadi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Tixiy Lukashenkoning ukrainalik hamkasbini "chirkin" deb atagan gapiga shunday javob qaytardi. TIV vakili o‘z bayonotini belarus tilida e’lon qildi.
"Ukraina davlati rahbariga nisbatan haqoratlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, entomologiya sohasiga o‘tish suvarakka foyda keltirmasligi aniq," - deb yozdi Tixiy.
Kecha Lukashenko "Rossiya-1" telekanalining "60 daqiqa" dasturiga bergan intervyusida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
"Xo‘sh, Volodya menga o‘g‘limdek edi, lekin chirkinlik qildi," - dedi Lukashenko Ukraina prezidentini nega turlicha atayotgani haqidagi savolga javob berar ekan.