Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eronning mamlakatdagi muvaqqat ishlar vakili Shahriyar Amuzegarni chaqirtirdi.
Bu haqda Ukraina OAVlari ma’lum qildi.
"Eronlik diplomatga Ukraina Tashqi ishlar vazirligining 7 sentyabr kuni tegishli izohi berildi va Eronning Rossiyaga ballistik qurollar yetkazib bergani faktini tasdiqlash halokatli va Ukraina-Eron ikki tomonlama munosabatlari tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi haqida qattiq ogohlantirildi", — deyiladi departamentda.
Eslatib o‘tamiz, The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Rossiya Erondan qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalarni olgan. Eron BMTda Rossiyaga raketa uzatilishini rad etdi. Biroq keyinroq Eron deputati Ahmad Baxshaish Ardestoniy Tehron raketalarni Rossiyaga o‘tkazganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, bu barterning bir qismi edi. Bitimning yana bir qismi dronlarni yetkazib berishdir.
Bugun YEI Eronning Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berganini tasdiqlovchi razvedka ma’lumotlarini olganini ma’lum qildi.