Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyadan chiqmayotgan Ashan, Lerua Merlen va Dekatlon do‘konlarini o‘z rossiyalik xodimlarining mehnatini ukrainaliklar hayotidan ustun qo‘yganlikda aybladi.
"Agar Ashan Rossiya bosqinida o‘ldirilgan 139 nafar ukrainalik bolalarga e’tibor bermasa, keling, Ashan va ularning barcha mahsulotlariga e’tibor bermaylik", — deb yozdi Kuleba Twitter'da.
Bugun erta tongda Auchan Retail International bosh direktori, Ashan gipermarketlari tarmog‘i operatori Iv Klod kompaniyaning Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bozorini tark etish rejasi yo‘qligini, chunki u tinch aholi manfaatlarini ko‘zlab ishlashi, shu sababli qiyin paytlarda ishchilarni ishdan bo‘shatishni xohlamasligini ma’lum qildi.