18 noyabrdan 19 noyabrga o‘tar kechasi Xarkovda ketma-ket portlashlar ovozi eshitildi. Nikolayev ham dronlar hujumi ostida qoldi. Bu haqda RBK-Ukraina xabar bermoqda.
Xarkov meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, "shaharda bir nechta portlashlar sodir bo‘lgan... Oqibatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda." Uning qo‘shimcha qilishicha, shahar ustida bir nechta jangovar dronlar qayd etilgan.
Nikolayevda ham portlashlar tinmayapti. Bundan oldin Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari shahar tomon dron uchayotgani haqida xabar bergan edi.
Bir qator mahalliy kanallarning yozishicha, Xarkovda allaqachon 16 ta portlash ovozi eshitilgan. Bundan tashqari, ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Havo trevogasi signali Xarkov, Sumi, Poltava, Chernigov, Kiyev, Cherkass, Kirovograd, Dnepropetrovsk, Nikolayev, Odessa, Xerson va Donesk viloyatlarida yangramoqda.