Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina rus qo‘shinlariga Baxmut uchun ancha yuqori tovon to‘lardi — ISW

Ukraina rus qo‘shinlariga Baxmut uchun ancha yuqori tovon to‘lardi — ISW

"Agar Ukraina rus qo‘shinlariga Baxmutni osongina egallashga ruxsat bersa, u o‘z mudofaasi uchun hozir to‘layotganidan ancha yuqori tovon to‘laydi", deyiladi Amerika urushni o‘rganish institutining bugungi hisobotida.

"Baxmutning o‘zi operativ yoki strategik ahamiyatga ega emas, lekin agar rus qo‘shinlari uni nisbatan tez va osonlik bilan egallab olishsa, ular Ukrainani shoshilinch ravishda qulay bo‘lmagan yerlarda mudofaa pozisiyalarini jihozlashga majbur qiladigan hujum operasiyalarini kengaytirishlariga imkoniyat tug‘ilishi mumkin", deb hisoblashadi ISW ekspertlari.

Ularning ta’kidlashicha, Rossiya 2022 yilning may oyidan beri Baxmut hududiga ishchi kuchi va texnikasini o‘tkazmoqda, biroq uning mudofaasiga jiddiy tahdid solishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatlarga hali erishmagan.

Kiritildi: 17:24 22.01.2023. O'qildi: 2624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!