Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun Amerikaning ATACMS tizimlaridan foydalanyaptimi?

Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun Amerikaning ATACMS tizimlaridan foydalanyaptimi?

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya hududiga zarba berishda Amerikaning Lockheed Martin Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan ATACMS taktik raketa tizimlaridan foydalanilganini e’lon qildi.

Bu haqda Bosh shtab o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.

"Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyadagi harbiy nishonlarga aniq zarba berish uchun ATACMS taktik-raketa tizimlaridan muvaffaqiyatli foydalandi. Bu Ukrainaning o‘z suverenitetiga qat’iy sodiqligini ko‘rsatuvchi muhim voqeadir", — deyiladi bayonotda.

Bosh shtab qo‘shimchasiga ko‘ra, uzoq masofali qurollardan, xususan, ATACMS tizimlaridan foydalanish davom etadi.

Kiritildi: Bugun 07:30. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!