Ukraina dronlari endi Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga kamroq hujum qilmoqda. 2024 yilning ikkinchi yarmidan boshlab, Ukraina Qurolli Kuchlari neft bazalarini nishonga ola boshladi, deydi Berlindagi Karnegi markazi eksperti, «Gazprom neft» strategik rejalashtirish departamentining sobiq rahbari Sergey Vakulenko.
Ekspertning tushuntirishicha, dronlarning neft bazalariga hujumi ancha sezilarli zarba beradi:
«Agar neft bazasi yo‘q qilinsa, u atrofdagi ma’lum radiusda yoqilg‘i yetkazib bera olmaydi. Demak, yoqilg‘ini boshqa joydan olib kelish kerak bo‘ladi, bu esa vaqt talab qiladi. Natijada, shu hududdagi harbiy texnika harakatsiz yoki qisman harakatsiz bo‘lib qoladi.»
Rossiya bozorida neft-gaz infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha talab ortdi. Internetda ob’ektlar ustiga metall to‘rlar o‘rnatish bo‘yicha e’lonlar paydo bo‘ldi. Vakulenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu usul ancha samarali: «Ba’zi videolarda dronlar aynan shunday to‘rlarga ilinib qolganini ko‘rish mumkin.»
Aviasiya eksperti Anatoliy Xrapchinskiy esa radioelektron urush texnologiyalari va fizik himoya vositalari faqat dastlabki bosqichda samarali bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi:
«Birinchi dron bunday himoyani yo‘q qilishi mumkin, ikkinchisi esa ortidan kelib bevosita ob’ektga zarba beradi.»
Uning fikricha, sun’iy intellekt rivojlanishi bilan dronlar yordamida ommaviy hujumlar yanada ilg‘or bo‘lib boradi:
«Biz allaqachon birinchi ishlanmalarni yaratdik. Bu yangi texnologiyalarni dronlar yordamida tezroq moslashtirish imkonini beradi. Natijada, dronlar o‘z qarorini o‘zi qabul qilib hujum uyushtira oladi.»