Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina Rossiyaga dengiz va havo sulhini taklif qiladi

Ukraina Rossiyaga dengiz va havo sulhini taklif qiladi

Ukraina AQSh vakillari bilan Saudiya Arabistonida bo‘lajak muzokaralar chog‘ida Rossiyaga havoda va dengizda o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilmoqchi.

Bu haqda Ukraina hukumatining Kiyevdagi vakili ma’lum qildi. Uning aytishicha, sulhning bunday shakllari "amalga oshirish va boshqarish oson" va shuning uchun "yaxshi boshlanish" bo‘lishi mumkin.

Ukraina va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar ertaga Jidda shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff ta’kidlaganidek, muhokamalar “tinchlik kelishuvi shartlari va o‘t ochishni to‘xtatishning dastlabki bosqichi”ga qaratiladi.

Bloomberg agentligining yozishicha, Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda AQSh vakillari Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish majburiyatini olishini talab qiladi. Shu tariqa, Tramp Vladimir Zelenskiyni “qisman o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga, bu esa urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga” imkon bermoqchi.

Zelenskiy avvalroq yerdagi janglarni to‘xtatmasdan, lekin havo hujumlariga moratoriy qo‘ygan holda qisman o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan edi.

Kiritildi: 15:02 11.03.2025. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!