Ukrainada mamlakat bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i (GUR) Kirill Budanovning o‘limi haqidagi xabar tarqalmoqda, Kiyev rejimi rasmiylari esa bu axboroti rad qilmoqda, deb xabar qildi Ukraina dezinformasiyaga qarshi kurash markazi.
"Ukraina OAV nomidan Kirill Budanovning o‘limi haqidagi xabar tarqalmoqda. Ushbu xabarlarga ko‘ra, Ukraina razvedkasi boshlig‘i yaqinda raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan va uni dafn etishga hozirda “Ukraina uyi” Milliy markazida hozirlik ko‘rilmoqda. Aslida esa GUR rahbarining o‘limi haqidagi xabar yana bir dezinformasiya", — deyilgan dezinformasiyaga qarshi kurash markazining Telegram-kanalidagi xabarda.