Ukraina qurolli kuchlarining sharqiy guruhi vakili Sergey Cherevatiy Ukraina televideniyasi orqali Soledardagi vaziyat haqida gapirdi.
Rossiya armiyasi bir necha haftadirki, shaharga astoydil hujum qilmoqda.
«Soledarda janglar ketmoqda, dushman asosiy kuchlarini u yerga jamlagan. Birinchi navbatda Vagneritlar va Rossiya Federasiyasining boshqa turdagi [qo‘shinlari] bo‘linmalari doimiy zarbalar bermoqda, xususan, 91 ta artilleriya zarbasi berilgan. Ukraina raketa kuchlari va artilleriyasi imkon qadar dushmanni siqib chiqarishga harakat qilmoqda, jumladan, bir sutkada 100 dan ortiq bosqinchilar artilleriya va raketalar bilan yo‘q qilindi", dedi Cherevatiy.