Britaniya harbiylari Ukraina Qurolli Kuchlarini “qimmatbaho qurol va texnikalarni isrof qilishda” ayblamoqda, deb yozmoqda The Telegraph
"Ukrainalik harbiylar qurollarning to‘g‘ri qo‘llanilishini videotasvirlarda namoyish etishi kerak bo‘lgan, olingan kadrlarda Ukraina Qurolli kuchlari askarlari NLAW tankka qarshi tizimlaridan tartibsiz ravishda o‘t ochayotgani ko‘ringan. Qayd etilishicha, bunday tizim orqali beriladigan har bir zarba 100 ming funt sterlingdan ortiq xarajatni talab etadi", deb yozadi nashr britaniyalik harbiy manbalariga tayanib.
The Telegraph'ning qayd etishicha, “sovetcha yondashuv” tufayli Ukraina qo‘shinlari bir necha bor Javelin majmualarini jang maydonida tashlab ketgan.
"Hozirda Rossiya Qurolli kuchlarida Buyuk Britaniya armiyasidagidan ko‘ra ko‘proq Javelin majmualari bor bo‘lishi mumkin", – deya xabar bergan gazeta manbasi.