Shu tariqa, Kiyev G‘arb harbiy yordamini yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarga bog‘liqligini kamaytirish niyatida.
"Biz yer osti qurollarini ishlab chiqarish inshootlarini qurmoqdamiz, shunda hamkorlarimizdan yetkazib berish kechiktirilganda ham Ukraina askarlari o‘zlarini himoya qila olishadi", — deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Italiyada bo‘lib o‘tgan “Ambrozetti” xalqaro iqtisodiy forumida.
Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, ukrainalik mutaxassislar allaqachon "urushni Rossiya hududiga qaytarish" uchun ishlatiladigan yangi dron va raketalarni ishlab chiqqan.
"Putin ertami-kechmi bosimni his qiladi va faqat bir narsani — tinchlikni xohlaydi" — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.