Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u AQSh vise-prezidenti va davlat kotibi bilan Istanbuldagi muzokaralar hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni muhokama qilgan.
"Biz Istanbuldagi muzokaralarni muhokama qildik. Rossiyaliklar u yerga qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lmagan past darajadagi delegasiyani yubordi. Ukraina haqiqiy diplomatiyaga tayyor ekanini tasdiqladim va o‘t ochishni zudlik bilan, to‘liq va dastlabki shartlarsiz to‘xtatish muhimligini ta’kidladim.
Shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar zarurligini, ikki tomonlama savdo, mudofaa sohasidagi hamkorlik, jang maydonidagi vaziyat va asirlarni almashish istiqbollari haqida ham gaplashdik. Rossiya urushni to‘xtatishga tayyor bo‘lmaguncha, unga bosim o‘tkazish davom etishi kerak. Albatta, adolatli va barqaror tinchlikka erishish yo‘lidagi qo‘shma qadamlarimizni ham muhokama qildik”, — deb yozdi Zelenskiy Telegram-kanalida.