Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ukraina prezidenti ofisi mamlakatda saylov uchun pul yo‘qligini bildirdi

 Ukraina prezidenti ofisi mamlakatda saylov uchun pul yo‘qligini bildirdi

"Ukrainada saylovlarni o‘tkazish uchun moliyaviy resurslar yo‘q. Ob’ektiv ravisha biz saylovlarni tashkil etishni eplolmaymiz, chunki bizda defisitli byudjet bor", — dedi Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak Novini LIVE nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda byudjetning ustuvor yo‘nalishlari – harbiy soha va uy xo‘jaliklari uchun iqtisodiy yo‘qotishlarini qoplaydigan ijtimoiy dasturlar. Podolyak xorijda bo‘lgan 6-8 mln ukrainalikning saylovda ishtirok etishi masalasi bilan maxsus ishchi guruh shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Sergey Dubovikning ma’lum qilishicha, 2019 yildagi so‘nggi prezidentlik saylovlari byudjetga qariyb 2 mlrd grivnaga tushgan, biroq hozirgi sharoitda va inflyasiyani hisobga olgan holda birinchi tur 4-5 mlrd grivnaga (94,8-118 mln dollar), ikkinchi tur o‘tkazilganda esa 6,5-7 mlrd grivnaga (154-166 mln dollar) tushadi.

Kiritildi: Bugun 17:18. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!