Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Axios nashriga ko‘ra, AQSh va Ukraina kelishuvning deyarli barcha shartlari, jumladan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishib olgan.
Ukrainaning yuqori martabali rasmiysiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuvning o‘tkazilishi Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralarda sezilarli taraqqiyotga erishilganidan dalolat beradi.
Avvalroq, Zelenskiy yaqin kunlarda Tramp bilan uchrashishini, urushni tugatish masalasini muhokama qilishini aytgan edi.
“Bir kunimizni ham boy bermaymiz. Prezident Tramp bilan yaqin orada uchrashishga kelishib oldik. Yangi yilgacha ko‘p narsa hal bo‘lishi mumkin”, dedi Ukraina rahbari.