Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Ukrainadagi inqirozga AQSh va Yevropa davlatlari uyushtirgan davlat to‘ntarishi sabab bo‘lgan.
"Hamma Ukrainadagi ushbu davlat to‘ntarishini uyushtirgan davlatlarni biladi. Bu AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha va Germaniya tomonidan uyushtirilgan to‘ntarishdir", — deb ta’kidlagan Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari Rossiyani qamal qilish uchun Ukrainani Rossiyaga qarshi muqobil tayanch punktiga aylantirgan.