Ukraina Germaniya bilan havo mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha shartnoma imzoladi, keyinchalik unga Belgiya, Norvegiya, Niderlandiya va Daniya ham qo‘shiladi.
Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Rustem Umerov ma’lum qildi.
"G7 mudofaa vazirlari yig‘ilishida Germaniya bilan Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha zudlik bilan harakat qilish to‘g‘risida muhim kelishuv imzoladik. Shartnoma imzolagan davlatlar qo‘shma loyihalarga hissa qo‘shishini yoki Ukraina Qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan o‘z loyihalarini moliyalashtirishi bo‘yicha kelishuvlarni nazarda tutadi", deb yozdi Umerov Facebook'dagi sahifasida.
G7 mamlakatlari mudofaa vazirlari kecha Neapolda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng Ukrainaning Yevro-Atlantika integrasiyasi, jumladan, NATO'ga a’zo bo‘lish sari qadamlarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.