Bugun 4 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina G‘arb bilan ochiqchasiga gaplasha boshladi: U Rossiyaga yon bermoqchimi?

Ukraina G‘arb bilan ochiqchasiga gaplasha boshladi: U Rossiyaga yon bermoqchimi?

Financial Times'ga ko‘ra, Ukraina G‘arb bilan Rossiyaga hududlar bo‘yicha imtiyozlar berish masalasida ochiqroq gaplasha boshladi.

Nashrning yozishicha, Ukraina rasmiylari hatto Rossiya Ukraina hududida qolgan taqdirda ham o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini faolroq muhokama qilmoqda. Ta’kidlanishicha, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sibiga AQShdagi shaxsiy uchrashuvlar chog‘ida potensial murosaga erishish yo‘llariga alohida to‘xtalgan.

Xabarda, shuningdek, Ukrainani qiyin kunlar kutayotgani, Zelenskiy AQShda o‘z maqsadlariga erisha olmagani ta’kidlangan.

"Trampning AQSh saylovlaridagi ehtimoliy g‘alabasi Ukrainani harbiy yordamning to‘xtatilishi tahdidi ostida noqulay tinchlik kelishuviga ko‘nishga majbur qilishi mumkinligidan xavotirlar bor...

Zelenskiy Vashingtonda asosiy masalalar bo‘yicha muvaffaqiyatga erisha olmadi va G‘arb hamkorlari bosimi ortib borayotgani uni muzokaraga undamoqda. Ayrim yevropalik diplomatlar mojaroning potensial yechimi haqidagi munozaralarda o‘zgarishlarni payqamoqda", deb yozadi Financial Times.

Kiritildi: 18:15 01.10.2024. O'qildi: 13622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!