Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Lana Zerkalning aytishicha, Ukrainaning muzokaralardagi qizil chiziqlari - "bu armiya, til, e’tiqod" bo‘lib, hududlar emas.
"Menimcha, hududlar bizning qizil chiziqlarimiz emas. Aslida, ular biz uchun davlatchilikni saqlab qolish tushunchasida mavjud, deb o‘ylayman. Agar bizga rus cherkovi va rus tilini majburlab singdirishsa, davlatchilikni saqlab qolish mumkin bo‘lmaydi. Shuningdek, biz armiyamizni ham saqlab qolishimiz zarur," - deya ta’kidladi u.