Keyingi haftaning boshlarida yoki shu hafta so‘ngida Ukraina delegasiyasining tashrifi kutilmoqda. Bu haqda AQSh Moliya vaziri Skott Bessent Bloomberg telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina "advokatlarni yollagan", Vashington esa kelishuv shartlarini allaqachon tayyorlab qo‘ygan.
"Biz bu kelishuv AQSh va Ukraina xalqi, shuningdek tinchlik jarayoni uchun juda muhim deb hisoblaymiz", – deya ta’kidladi Skott Bessent.