Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida jami 33 kishi halok bo‘ldi

A A A
Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatida jami 33 kishi halok bo‘ldi

Ukraina qutqaruv xizmati 8 iyul kuni ertalab Rossiyaning Ukraina shaharlariga bergan raketa zarbasi natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 33 kishi halok bo‘lgan, 140 kishi yaralangan.

Davlat favqulodda xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Kiyevda 22, Dnepropetrovsk viloyatida 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

140 nafar yaradorning 74 nafari Kiyevda, ikkitasi Kiyev viloyatida, 64 nafari Dnepropetrovsk viloyatida.

Vayronalar ostidan 19 kishi qutqarib olindi: ulardan 11 kishi Kiyevda, 8 nafari Dnepropetrovsk viloyatida.

Ma’lum qilinishicha, bu raqamlar yana ortishi mumkin

Avvalroq, Ukraina IIV halok bo‘lganlar soni 20 nafarni tashkil etgani haqida xabar bergandi.

Kiritildi: 23:35 08.07.2024. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!