Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ukraina "adolatni tiklashni bilishini isbotladi", — Ukraina rahbari

Ukraina "adolatni tiklashni bilishini isbotladi", — Ukraina rahbari

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor Ukrainaning Rossiyaning Kursk shahridagi hujumiga izoh berib, Ukraina armiyasi jangovar harakatlarni Rossiya hududiga o‘tkazayotganini va shu orqali «adolatni qaytarayotganini» aytdi.

«Ushbu jarayonni ta’minlagan mudofaa kuchlarimiz bo‘linmalarining har biriga rahmat. Ukraina adolatni tiklashni bilishini isbotladi», — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy Ukrainaning Kurskdagi hujumi Moskvaga zaruriy «bosim» ekanligini, bu esa «adolatli dunyo»ni yaqinlashtirishi kerakligini ta’kidladi.

Ukraina tomoni hozircha Rossiyaning Kursk viloyatidagi vaziyatga rasman izoh bermadi. Chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina armiyasining Rossiya hududiga chuqur kirib borishini Ukraina uchun «yana bir keng ko‘lamli provokasiya» deb atadi.

Avvalroq Urushni o‘rganish instituti Ukraina qo‘shinlari Rossiya hududiga 10 kilometr chuqurlikka o‘tganini tasdiqlagan edi.

Ukraina rahbari, shuningdek, «Ukrainaning ma’naviy mustaqilligini mustahkamlash» qarorini e’lon qildi. «Biz Moskvani ukrainaliklarning erkinligini cheklash bo‘yicha so‘nggi imkoniyatlaridan mahrum qilishimiz kerak», dedi Zelenskiy, ehtimol Ukrainada «Rossiya tomonidan boshqariladigan cherkovlar»ni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ishora qilib.

Kiritildi: 12:38 11.08.2024. O'qildi: 2017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!