Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Leonid Timchenkoning so‘zlariga ko‘ra, jangovar harakatlar tufayli bedarak yo‘qolgan ukrainaliklar ro‘yxatida hozirda 55 ming kishi bor, ularning aksariyati harbiylardir.
Timchenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich «juda dinamik». Ba’zi hollarda bedarak yo‘qolganlar aslida asirlikda bo‘lgan yoki jang paytida vafot etgani ma’lum bo‘ladi.
Ukrainada 2023 yil may oyida bedarak yo‘qolgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritila boshlangan yagona reestr ishga tushirildi. O‘shanda mamlakat Ichki ishlar vazirligi 23 ming kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. 2024 yil iyul oyida vazirlik ma’lumotlarni yangilab, reestrga 42 ming ukrainalik kiritilgani haqida xabar berdi.